info@direksiya.uz (71) 237-32-04 С 9:00 до 18:00

RASMIY MUNOSABAT

Главная/ Новости организации / RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

  • Admin
  • 3166
  • 20,12-2022

Media24 uz telegram kanali orqali Telegram ijtimoiy tarmoqlariga 2022 yil 18 dekabrda tarqalgan “2 km. yo‘lni ta’mirlash uchun 41,2 mlrd.?” sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidan

  

Media24 uz telegram kanali orqali Telegram ijtimoiy tarmoqlariga 2022 yil 18 dekabrda tarqalgan “2 km. yo‘lni ta’mirlash uchun 41,2 mlrd.?” sarlavhasi ostidagi maqola e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 47-56 km qismlarini rekonstruksiya qilish belgilangan.

M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 54-56 km qismlarini (2 km) rekonstruksiya qilish ob’ektining loyiha-smeta hujjatlari “Geo-proekt” MChJ tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan barcha soliqlar, yig‘imlar va ajratmalarni o‘z ichiga olgan holda 45 824 119 049 so‘mga 2021 yil 21 mayda 14/01-6-1/4295-sonli ekspertiza xulosasi berilgan.

Media24 uz telegram kanalida keltirilgan qo‘shimcha shartnomaning asosiy shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas balki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha tanlov (tender) o‘tkazishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli qarorida belgilangan tartibda pudratchi tender o‘tkazish orqali aniqlangan.

Xususan, ushbu ob’ekt bo‘yicha tender savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon, tender.mc.uz maxsus axborot portalining 2021 yil 10 iyundagi 13004-sonli lot bilan chop etilgan. Shuningdek ushbu e’londa pudratchilar tomonidan taqdim qilinadigan takliflarni qabul qilish muddati 2021 yil 2 iyul soat 23:59 ga qadar belgilangan bo‘lib, takliflarni qabul qilishning oxirgi muddatiga qadar, quyidagi korxonalar tomonidan takliflar kelib tushgan:

  1. "Avtomagistral" ixtisoslashgan avtomobil yo‘llari qurish-ta’mirlash birlashmasi unitar korxonasi;
  2. “Avtoyo‘l sanoat invest” MChJ.

Tender komissiyaning 2021 yil 12 iyuldagi 2970-sonli bayonga asosan oferentlar quyidagi ballarni to‘plagan:

“Avtomagistral” IAYQTB UK 41 241 768 809 so‘m, 500 kun qurilish muddati bilan, umumiy 49,3454 ball;

“Avtoyo‘l sanoat invest” MChJ 45 456 979 960 so‘m, 515 kun qurilish muddati bilan, umumiy 16,8543 ball to‘plashgan.

Yakuniy baholash natijalariga asosan eng ko‘p ball to‘plagan “Avtomagistral” IAYQTB UK tender savdosida QQS bilan 41 241 768 809,0 so‘m va qurilish muddati 500 kun bilan g‘olib deb topilgan. Tender savdolarida g‘olib bo‘lgan “Avtomagistral” IAYQTB UK bilan buyurtmachi o‘rtasida ob’ektni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2021 yil 19 iyuldagi 1/135-21-sonli pudrat shartnomasi tuzilgan.

M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 54-56 km qismlarini (2 km) rekonstruksiya qilish uchun oferent tomonidan quyidagi takliflar berilgan:

Taklif etilgan narx ichida quyidagi ish turlarini bajarish inobatga olingan:

1 b toifali 6 tasmaga ega yo‘lning yer ishlarini bajarish, yo‘l asosi va qoplamasini qurish, sun’iy inshootlarini qurish, dyuker o‘rnatish, kojuxlar o‘rnatish, avtobus to‘xtash maydonchasini qurish, yo‘l o‘rtasiga ajratuvchi to‘siq o‘rnatish, suv qochirish novlarini o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasini qurish, 37 ta tutashmalar va kesishmalarni qurish, metal quvurlar o‘rnatish, yo‘l belgilarni o‘rnatish, yotiq yo‘l chiziqlarini chizish va boshqa ish turlari uchun – 38 845 980 548 so‘m;

  • 10 dona avtobekat o‘rnatish uchun – 155 495 036 so‘m;
  • tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish uchun – 998 532 078 so‘m;
  • elektr ta’minoti va svetoforlarni qurish va boshqarish ishlari uchun - 1 241 761 147 so‘m.

 

Mazkur pudrat shartnomasining predmeti yoki biror sharti o‘zgarganda taraflarning kelishuviga asosan rasmiylashtirilib, qo‘shimcha kelishuv shaklida tasdiqlanadi. Pudrat shartnomalarining barcha qo‘shimcha kelishuvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri taraflar tomonidan imzolanib, o‘rnatilgan tartibda jamoatchilik uchun ochiq ma’lumot sifatida https://xarid.uzex.uz saytiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirigi tomonidan joylashtiriladi.         

Media24 uz telegram kanali buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan qo‘shimcha kelishuvni noto‘g‘ri talqin qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchsiz va noxolis axborot tarqalishi natijasida keng jamoatchilikning fikrini chalg‘itishni ko‘zlab, shaxs haqida uni obro‘sizlantirish maqsadida o‘z asosini topmagan axborot tarqatgan.

Shuningdek, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning
121-moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shartligi belgilangan.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasida jurnalistning majburiyatlari belgilangan bo‘lib, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.   

O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 15 yanvardagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi  Qonunning 34-moddasiga asosan “Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.”- deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, ushbu Qonunda belgilangan muddatda Media24 uz telegram kanali ma’muriyatidan o‘rnatilgan tartibda raddiya berilishi talab etiladi.

Новости организации

Обратная связь