Bugun “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasida kasaba uyushma a’zolari va faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish, kasaba uyushmalari faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar, hujjatlarni yuritish tartiblarini to‘g‘ri tashkil etilishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Yoshlar masalalari bo`yicha rais maslahatchisi R.Karabaev, hamda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Yoshlar masalalari buyicha rais maslahatchisi Sh.Ne’matov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida direksiya xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Ataxanova tomonidan direktsiyada amalga oshirilayotgan ishlar, kasaba uyushma a’zolari – direktsiya xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berib o‘tdi.
Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xodimlarning munosib dam olishlari uchun dam olish va bayram kunlarida ichki turizmni rovojlantirish borasida respublikamizning tarixiy hududlari va ziyoratgohlariga amalga oshirilayotgan sayohatlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Shundan so‘ng mehmonlar ham o‘zlarining mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish va mehnatning xavfsiz usullarida ishlash uchun o‘tkaziladigan yo‘riqnomalar, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti uchun namunaviy axborot burchagini tashkil etish, kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘larining sarflanishida moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilib, bu kabi uchrashuvlar doimiy o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.
Direksiya axborot xizmati
RASMIY MUNOSABAT...
20.Dec.2022 / 14:12:42Press reliz...
30.Sep.2022 / 15:09:00“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK...
01.Jul.2021 / 06:07:00
КОММЕНТАРИИ (0)