info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tashkil etildi.

Asosiy / Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tashkil etildi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tashkil etildi.

  • 15-Nov,2021 / 10:11:00
 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK direktori Doniyor Yusupov tashabbusi bilan Direksiyada korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qiluvchi maxsus @Direksiya_Anticorbot  faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Endi Siz sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu @Direksiya_Anticorbot  yoki (71) 237-32-04 ishonch telefoni orqali Direksiyaga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat shaxsan Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Maʼlumot tarzida eʼtiboringizga shuni yetkazamizki, anonim murojaatlar (jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilmagan yohud ular haqida yolg‘on maʼlumotlar ko‘rsatilgan murojaatlar) O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi 1-qismi ikkinchi xatboshisiga asosan ko‘rib chiqilmaydi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa