info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga doir hukumat hujjati qabul qilinadi

Asosiy/ Mamlakat yangiliklari / Avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga doir hukumat hujjati qabul qilinadi

Avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga doir hukumat hujjati qabul qilinadi

  • Admin
  • 130
  • 28,05-2020

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashni moddiy va xom-ashyo bilan ta'minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.  

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashni moddiy va xom-ashyo bilan ta'minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Istisno tariqasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borib, yo‘lbop bitum mahsulotini tender savdolarisiz yetkazib berish uchun tanlov asosida shartnomalar tuzishga;

Belgilab qo‘yilishicha, ushbu shartnoma bo‘yicha xaridor O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “O‘zyo‘lbutlash” Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasi (“O‘zyo‘lbutlash” RTB UK) hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra tuzilgan import shartnomalaridagi yo‘lbop bitumining narxining obektivligi va bosqichma-bosqich yetkazib berish kafolatini belgilangan tartibda ekspertizasi ta'minlanadi;

import qilingan yo‘lbop bitumning narxi eksport boji tovar kelib chiqqan mamlakatda o‘zgartirilganda yoki mavjud bo‘lgan bozor sharoitlariga qarab ko‘tarilishi yoki tushishiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi va “Hududiy avtomobil yo‘llari buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatish” davlat unitar korxonasiga yo‘lbop bitumini sotib olish uchun yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratilgan limitlar doirasida avans to‘lovlarini ajratishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “22626” maxsus hisob raqamlari orqali ajratilgan mablag‘larning konvertatsiya qilish va maqsadli foydalanilishini taqsimlanishi ta'minlaydi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “O‘zyulbutlash” RTB UKga:                

jo‘nash stantsiyasining belgisi qo‘yilgan temir yo‘l transporti hujjatining nusxasi va tovarning hisob-fakturasiga asosan jo‘natilgan yo‘lbop bitumining har bir partiyasi uchun 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi;

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalariga komissiya shartnomalarini tuzish orqali yo‘lbop bitumini yetkazib berish ta'minlanadi.

Belgilanishicha:

import qilinadigan yo‘lbop bitumining qiymati tegishli buyurtmachilar tomonidan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashni milliy valutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining import qilingan yo‘l bitumlari partiyasi uchun bojxona deklaratsiyasidagi sanadagi kursi ekvivalentida moliyalashtirish xarajatlarida hisobga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zyo‘lbutlash” RTB UKga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan yo‘lbop bitumlarini saqlash uchun mavjud bo‘lgan maxsus omborlariga import yo‘lbop bitumlarini tushirish va saqlashga ruxsat beriladi.

manba: kun.uz