info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Yillik reja 122,7 foizga bajarildi

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / Yillik reja 122,7 foizga bajarildi

Yillik reja 122,7 foizga bajarildi

  • Admin
  • 3444
  • 07,01-2020

         “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida 2019 yil davomida respublikamiz boʼyicha xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida qurish, qayta-qurish va toʼla taʼmirlash boʼyicha tegishli davlat dasturlariga kiritilgan jami 206 ta obyektlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 2019 yil yakunlariga koʼra, toʼliq tugallanib, foydalanishga topshirilgan obyektlar soni 44 tani tashkil etmoqda.

     Shuningdek, Investitsiya dasturiga kiritilgan 91 ta obyektda qiymat jihatidan 1 trln. 94 mlrd. soʼmlik qurish va qayta-qurish ishlari, toʼla taʼmirlash dasturi asosida esa 115 ta obyektda 437,1 mlrd. soʼmlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi va yillik reja jami ajratilgan limitga nisbatan 122,7 foizga bajarildi.

      Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4067-sonli qarori ilovasida belgilangan 20 ta obyekt (101,4 km), toʼla taʼmirlash dasturi boʼyicha esa 24 ta obyekt (86,7 km) toʼliq tugallanib, foydalanishga topshirildi.


Direksiya axborot xizmati

 

 

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa