info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

  • Admin
  • 6148
  • 01,07-2021

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2020 yil “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda

Navoiy viloyatidagi 4p57 “Qizilqum xalqa yo’li” avtomibil yo’lining 0-8 km qismini rekonstruksiya qilish ob’ekti 2021 yil Investitsiya Dasturiga (PQ-4936) kirgan. Bosh pudratchi Navoiy YMFUK, loyihachi “Yo’l loyiha byurosi” MCHJ.

Ob’ektning loyiha-smeta hujjatlariga asosan, avtomobil yo’li 1 toifaga mansub bo’lib, 4 ta qatnov qismidan iborat bo’ladi. Avtomobil yo’lining kengayadigan qismi yo’l to’shamasi quyidagilardan tashkil topgan:

  • qoplamaning ustki qatlami 6 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltbeton;
  • qoplamaning ostki qatlami 9 sm qalinlikdagi yirik donali g’ovak asfaltbeton;
  • qoplamaning ostki qatlami 20 sm qalinlikdagi toshiy beton;
  • asosning ostki qatlami 45 sm qalinlikdagi qum shag’al aralashmasi.

Shunungdek, ushbu avtomobil yo’lida tutashmalar, yo’l belgilari, piyodalar yo’lkalari hamda avtobus bekatlari qurish ko’zda tutilgan.

          Ushbu ob’ekt o’tuvchi bo’lib, rekonstruksiya qilish ishlari xalqaro standartlar asosida bajarilmoqda. Ob’ektda joriy yilda jami 17 342 431,3 ming.so’mlik rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy yilning o’tgan yanvar-may oylarida ob’ektda 15 037 710,7 ming.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Navoiy viloyatidagi ushbu ob’ektning foydalanishga topshirilishi natijasida, avtomobil yo’lining toifasi shahar tipi texnik talablariga to’liq o’tkaziladi. Yo’lning o’tkazuvchanlik qobilyati 7000 dan 14000 dona/sutkaga oshishiga erishiladi va yo’l to’shamasining xizmat muddati uzaytiriladi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa