info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK

  • Admin
  • 4307
  • 01,07-2021

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2020 yil “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda

Andijon viloyatidagi 4Р-116 “ Namangan sh. – Uychi sh. – Uchqurg’on sh. – Xaqqulobod sh. – Andijon sh”  avtomobil yo’lining 74-77 km (2,2 km) qismini yangidan qurish ob’ekti 2021 yil Investitsiya Dasturiga (PQ-4936) kirgan. Bosh pudratchi Andijon YMFUK, loyihachi “Yo’l loyiha byurosi” MCHJ.

Loyihaga asosan, avtomibil yo’li 1-toifaga mansub bo’lib, 4 ta qatnov qismdan iborat bo’ladi. Avtomobil yo’lining kengayadigan qismi yo’l to’shamasi quyidagilardan tashkil topgan:

  • qoplamaning ustki qatlami 5 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltbeton;
  • qoplamaning ostki qatlami tekislovchi qatlam asfaltbetondan.

Shuningdek ushbu avtomibil yo’lida tutashmalar, yo’l belgilari, piyodalar yo’lkalari hamda avtobus bekatlari qurish ko’zda tutilgan.

Ob’ektda joriy yilda jami 7 432 182,5 ming.so’mlik rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy qilning o’tgan yanvar-may oylarida ob’ektda 5 032 780,7 ming.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Andijon viloyatidagi ushbu ob’ektning foydalanishga topshirilishi natijasida, avtomobil yo’lining toifasi shahar tipi texnik talablariga to’liq o’tkaziladi. Yo’lning o’tkazuvchanlik qobilyati 7000 dan 14000 dona/sutkaga oshishiga erishiladi hamda yo’l to’shamasining xizmat muddati uzaytiriladi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa