“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK
- Admin
- 4579
- 23,06-2021
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2020 yil “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda
Buxoro viloyatidagi M-37 “Samarqand-Ashxabod-Turkmanboshi” avtomobil yo’lining 241-261 km qismini rekontruksiya qilish ob’ekti 2021 yil Investitsiya Dasturiga (PQ-4936) kirgan. Bosh pudratchi Buxoro KFUK, loyihachi “Yo’l loyiha byurosi” MCHJ.
Loyihaga muvofiq, avtomobil yo’li I b-toifa qilib quriladi va kengligi 25 metrni, 4 ta qatnov qismdan iborat bo’ladi. Avtomobil yo’lining yo’l to’shamasi quyidagilardan tashkil topgan, jumladan:
- qoplamaning ustki qatlami 6 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltbeton;
- qoplaming ostki qatlami 9 sm qalinlikdagi yirik donali g’ovak asfaltbeton;
- asosning ustki qatlami 20 sm qalinlikda qum-shag’al-chaqiqtosh aralashmasiga sement qushib mustahkamlash (тощий бетон);
- asosning ostki qatlami 42 sm qalinlikdagi qum shag’al aralashmasidan iborat.
Shuningdek, ushbu avtomobil yo’lida tutashmalar, yo’l belgilari, piyodalar yo’laklari hamda avtobus bekatlari qurish ko’zda tutilgan.
Ushbu ob’ektda rekonstruksiya qilish ishlari xalqaro standartlar asosida bajarilmoqda. Ob’ektda joriy yilda 2 468,1 mln. So’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy yilning o’tgan yanvar-may oylarida ob’ektda 1 819,5 mln.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Ob’ektning foydalanishga topshilishi natijasida, avtomobil yo’lining toifasi 1-toifaning texnik talablariga to’liq o’tqaziladi. Yo’lning o’tkazuvchanlik qobiliyati 7000 dan 14000 dona/sutkaga oshishga erishiladi hamda yo’l to’shamasining xizmat muddati uzaytiriladi.