“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK
- Admin
- 3412
- 23,06-2021
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2020 yil “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda
Sirdaryo viloyatidagi M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo’lining 130-139 km qismini rekontruksiya qilish ob’ekti 2021 yil Investitsiya Dasturiga (PQ-4936) kirgan. Bosh pudratchi Mirzaobod TYFUK, loyihachi “Yo’l loyiha byurosi” MCHJ.
Loyihaga muvofiq, avtomobil yo’li 1-toifaga mansub bo’lib, 4 ta qatnov qismidan iborat bo’ladi. Avtomobil yo’lining kengayadigan qismi yo’l to’shamasi quyidagilardan tashkil topgan, jumladan:
- qoplamaning ustki qatlami 5 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltbeton;
- qoplamaning ostki qatlami 7 sm qalinlikdagi yirik donali g’ovak asfaltbeton;
- qoplamaning ostki qatlami 12 sm qalinlikdagi yirik donali o’ta g’ovak asfaltbeton;
- asosning ostki qatlami 50 sm qalinlikdagi qum-shag’al aralashmasi.
Shuningdek, ushbu avtomobil yo’lida tutashmalar, yo’l belgilari, piyodalar yo’laklari hamda avtobus bekatlari qurish ko’zda tutilgan.
Ushbu ob’ekt o’tuvchi bo’lib, rekonstruksiya qilish ishlari xalqaro standartlar asosida bajarilmoqda. Ob’ektda joriy yilda jami 11 301,4 mln. so’mlik rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy yilning o’tgan yanvar-may oylarida ob’ektda 2 129,3 mln.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Ob’ektning foydalanishga topshilishi natijasida, avtomobil yo’llining toifasi shahar tipi texnik talablariga to’liq o’tkaziladi. Yo’lning o’tkazuvchanlik qobilyati 7000 dan 14000 dona/sutkaga oshishiga erishiladi va yo’l to’shamasing xizmat muddati uzaytiriladi.