“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK
- Admin
- 3066
- 31,03-2021
O’zbekiston Respeblikasi Prezidentining 28.12.2020 yildagi PQ-4936-sonli qaroriga muvofiq 2021 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llaridagi 102 ta obyektlarda jami 95.8 km yo’llarni foydalanishga topshirish belgilangan. Bugungi kunda ushbu obyektlarda qurulish-montaj ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati bo’yicha investitsiya dasturiga kiritilgan 4R-117 “To’raqo’rg’on shahri – Namangan shahri – Chortoq shahri – Keskanyor qishlog’I – Sassiqsoy qishlog’I” – M41 avtomobil yo’lining 0-7.6 km qismlarini rekonstruksiya qilish obyektida bosh pudratchi “Namangan yo’llarni qurish ta’mirlash” unitar korxonasi tomonidan 20 sm kam quvvatli M-75 sementabeton qorishmasidan asosning ustki qatlami va 9 sm yirik donali issiq asfaltobeton qorishmasidan qoplamaning ostki qismlarini qurish ishlari olib borilmoqda.