info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

“Yangi Oʼzbekiston – yangi saylovlar”

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / “Yangi Oʼzbekiston – yangi saylovlar”

“Yangi Oʼzbekiston – yangi saylovlar”

  • Admin
  • 4590
  • 12,12-2019

Bugun «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi» DUKda “Maʼnaviyat va maʼrifat kuni” munosabati bilan seminar-yigʼilish oʼtkazildi. Yigʼilishni direksiya rahbari А.Haqberdiev ochib berdi va olib bordi. Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil davomida Respublika viloyatlariga boʼlgan tashriflarida koʼrilgan masalalar hamda xalq bilan uchrashuvlarda belgilangan maqsad va vazifalar toʼgʼrisida hamda “Yangi Oʼzbekiston – yangi saylovlar”. 2019 yil 22 dekabrda boʼlib oʼtadigan eng muhim siyosiy tadbir ─ Oʼzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/shahar kengashlariga saylovlar va unga tayyorgarliklar mavzusida maʼruzalar tinglandi.

Tadbirda direksiya xodimlari, “Oʼzyoʼlloyiha” loyiha qidiruv instituti DUK, “Yoʼlloyiha byurosi” MChJ hamda pudrat tashkilotlari vakillaridan iborat 70 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdilar. Seminar avvalida yigʼilganlarga saylovlarda faol ishtirok etishga chorlovchi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan video-rolik namoyish qilindi.

Maʼruzachilar – Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʼrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov, Toshkent davlat arxitektura va qurilish instituti professori, siyosiy fanlar doktori, professor T. Аlimardonov, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzosi, shoir Z. Neʼmatovlar boʼlishdi. Ma`ruzalar davomida yangi O`zbekiston uchun  saylovlarda uyushqoqlik bilan faol ishtirok etish o`z xalqi va vatani kelajagi uchun befarq bo`lmagan har bir saylovchi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligi toʼgʼrisida oʼzaro fikr almashildi. Maʼruzachilar tomonidan qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


  Direksiya axborot xizmati

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa