2021 yilda belgilangan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida obyekti
- Admin
- 3582
- 09,03-2021
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2020 yil “2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4936-sonli qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda
O’zbekiston Respeblikasi Prezidentining 28.12.2020 yildagi PQ-4936-sonli qaroriga muvofiq 2021 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llaridagi 102 ta obyektlarda jami 95.8 km yo’llarni foydalanishga topshirish belgilangan. Bugungi kunda ushbu obyektlarda qurulish-montaj ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyati bo’yicha 2021 yil investitsiya dasturiga kiritilgan M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” (Chimkent orqali, Qozog’iston Respublikasi chegarasi – G’ishtko’prik – Toshkent – Chinoz – Jizzax – Samarqand – Shaxrisabz – G’uzor – Termiz, O’zbekiston Respublikasi hududida) avtomobil yo’lining 982-1005 km qismlarini rekonstruksiya qilish obyektida bosh pudratchi “Jizzax KFUK” tomonidan 6 sm mayda donali issiq asfaltobeton yotqizish ishlari olib borilmoqda.