info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

2020 yilda belgilangan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida obyektlar foydalanishga topshirilmoqda

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / 2020 yilda belgilangan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida obyektlar foydalanishga topshirilmoqda

2020 yilda belgilangan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida obyektlar foydalanishga topshirilmoqda

  • Admin
  • 315
  • 04,11-2020

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4565-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllari boʼyicha 77 ta obyektda jami 86 km yoʼl foydalanishga topshirilishi belgilangan boʼlib, joriy yil oktyabr oyi yakunida ushbu koʼrsatkich 80,5 kmni tashkil etdi.

Jumladan, Qoraqalpogʼiston Respublikasida jami uzunligi 12,3 km boʼlgan 4 ta obyekt, shundan:

А-380 “Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʼlining 753-765 km (765 kmdagi yoʼl kesishmasini qurish bilan) (shundan 753-757 km (oʼng tomon), 757-765,3 km, yoʼl kesishmasi va yoʼl oʼtkazgich) qismini rekonstruksiya qilish obyekti 1,3 km;

А-380 "Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yoʼlining 916-964 km qismini rekonstruksiya qilish (2-polasa bir taraf asfalьtobeton qoplama yotqizish) obyekti 4 km (bosh pudratchi Qoraqalpogʼiston YMFUK);

А-380 "Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yoʼlining 796-812 km (1-bosqich 806-812 km) qismini rekonstruksiya qilish obyekti 3 km (bosh pudratchi Taxiatosh YQTUK);

4K41 "А-380 avtoyoʼli (797 km)- Shamuratov DFX -Qumjikkon DFX" avtomobil yoʼlining 11-15 km qismini (yangi yoʼnalish boʼyicha А-380 a/y.ning 794 km.gacha) rekonstruksiya qilish obyekti (bosh pudratchi "Transyoʼlqurilish magistral" MChJ Nukus filiali) 4 km avtomobil yoʼli toʼliq foydalanishga topshirildi.

Аndijon viloyatida А-373 "M-39 a/y-Guliston-Boʼka-Аngren-Qoʼqon va Аndijon orqali-Oʼsh" avtomobil yoʼlining 450-475 km (383-408 km) qismini (1,2-bosqich, 450-463,7 km) rekonstruksiya qilish obyektida (pudratchi Xoʼjaobod TYFUK) 3 km;

А-373 "M-39 a/y-Guliston-Boʼka-Аngren-Qoʼqon va Аndijon orqali-Oʼsh" avtomobil yoʼlining 450-475 km (383-408 km) qismini (3-bosqich 463,7-475 km) rekonstruksiya qilish obyekti (pudratchi Аndijon KFUK) 3 km yoʼl foydalanishga topshirildi.

Jizzax viloyatida 4R-35 "Jizzax sh.(4R-38 a/yoʼli)-Paxtakor sh.-Doʼstlik sh.-Gagarin sh.-M-39 a/yoʼli (918 km)" avtomobil yoʼlining 11-15 km qismini rekonstruksiya qilish obyektida pudratchi Jizzax KFUK tomonidan 4 km avtomobil yoʼli;

Qashqadaryo viloyatida “Qarshi-Shaxrisabz” yoʼnalishidagi avtomobil yoʼlini (jumladan, 4R79 a/ yoʼlining 0-64km, 4K319 a/yoʼlining 12-30 km, 4R84 a/yoʼlining 14-19 km, M-39 a/yoʼlining 1144-1184 km uchastkalari) qayta qurish (2-boskich, M39 a/yulining 1173-1184 km kismi) obyektida 11 km yoʼl Toshkent KFUK bosh pudratchiligida;

“Qarshi-Shaxrisabz” yoʼnalishidagi avtomobil yoʼlini (jumladan, 4R79 a/ yoʼlining 0-64 km, 4K319 a/yoʼlining 12-30 km, 4R84 a/yoʼlining 14-19 km, M-39 a/yoʼlining 1144-1184 km uchastkalari) qayta qurish (1-bosqich, 4R79 a/yoʼlining 4-10 km qismi) obyektida esa "Аvtomagistral" IАYQTBUK “Koʼprik qurilish uchastkasi” UK tomonidan 6 km avtomobil yoʼlida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, toʼliq foydalanishga topshirildi.

Namangan viloyatida А-373 "Toshkent-Oʼsh" avtomobil yoʼlining 208-274 km qismini aylanib oʼtishda Sirdaryo daryosi ustiga koʼprik qurish obyektida Fargʼona KFUK tomonidan 250 p/m koʼprik qurish ishlari yakunlandi.

Samarqand viloyatidagi 4R-45 (M-37a) "Samarqand xalqa yoʼli" avtomobil yoʼlining 10-33 km qismini (1-bosqich, 10-23 km) rekonstruksiya qilish obyektida “New Tech Samarkand” MChJ tomonidan 10 km avtomobil yoʼli;

4K505 "Oqdaryo koʼprigi-Kulbosdi q." avtomobil yoʼlining 0-4 km qismini (PK6+31,87 dagi koʼprikni) rekonstruksiya qilish obyektida pudratchi Samarqand KFUK tomonidan 12 p/m koʼprik foydalanishga topshirildi.

Sirdaryo viloyatida M34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yoʼlining 117 km.dagi temir va avtomobil yoʼllari ustidan oʼtgan yoʼl oʼtkazgichni qayta qurish, shundan koʼprikka kiruvchi va chiquvchi avtomobil yoʼlini qurish obyektida Mirzaobod TYFUK pudratchiligida 3,2 km;

4K641 "Sirdaryo sh.-Bogaro q.-Sindorob q." avtomobil yoʼlining 18-21 km qismini qurish obyektida esa Sirdaryo YQTUK tomonidan 3 km yoʼl foydalanishga topshirildi.

Surxondaryo viloyatida M-39 "Olma-ota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yoʼlining 1315-1330 km qismini rekonstruksiya qilish obyektida pudratchi korxona Boysun YQTUK tomonidan rekonstruksiya ishlari amalga oshirgan boʼlib, 15 km yoʼl toʼliq foydalanishga topshirildi.

Fargʼona viloyatida 4R-112 "Fargʼona halqa yoʼli" avtomobil yoʼlining 259-273 km (1-bosqich 263-268) qismini rekonstruksiya qilish obyektida esa Fargʼona YMFUK tomonidan 5 km avtomobil yoʼli foydalanishga topshirildi.

Fargʼona KFUK bosh pudratchiligidagi А-373 "Toshkent-Oʼsh" avtomobil yoʼlining 208-274 km qismini aylanib oʼtishda 0-15 km qismini (I-II bosqich) qayta qurish obyektida esa belgilangan qurilish montaj ishlari nihoyasiga yetkazilib, yangi qurilgan avtomobil yoʼlini foydalanishga topshirish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari toʼla taʼmirlash dasturi asosida 34 ta obyektda yil oxiriga qadar toʼla taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, 97,6 km avtomobil yoʼli hamda 7 ta koʼprik toʼliq foydalanishga topshiriladi.

 

Direksiya axborot xizmati