info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

2020 yil Investisiya dasturidagi obyektlarga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari optimallashtirilmoqda

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / 2020 yil Investisiya dasturidagi obyektlarga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari optimallashtirilmoqda

2020 yil Investisiya dasturidagi obyektlarga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari optimallashtirilmoqda

  • Admin
  • 4059
  • 05,02-2020

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 fevraldagi 05/1-82-sonli topshirig'ida 2020 yil Investitsiya dasturida belgilangan obyektlarda qurilish tannarxini pasaytirish, optimallashtirish, kelgusida foydalanish xarajatlarini qisqartirish va byudjet mablag'laridan samarali foydalanishni tashkil qilish belgilangan edi. Shu munosabat bilan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direksiyasi»  DUK tomonidan ishchi komissiya tuzilib, fevral oyi davomida obyektlar joyiga chiqib o'rganildi.

Shu kunlarda esa reja asosida direksiyada  ushbu o'rganishlardan kelib chiqib, obyektlarga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini optimallashtirish masalasida direktsiya rahbariyati, bo'lim boshliqlari va mutaxassislari, shunigdek, loyiha tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida muhokama yig'ilishlari o'tkazilmoqda.

Jumladan, mazkur hafta davomida quyidagi obyektlar:

- Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidan o'tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R176 “Nukus sh. - Chimboy sh. - Taxtako'pir sh.” avtomobil yo'lining 110,5-114 km qismini rekonstruktsiya qilish”  obyekti;

- 4N112 “Taxtako'pir shahri - Mulk DFX” avtomobil yo'lining 0-1,5 km qismini rekonstruktsiya qilish obyekti;

- Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan o'tuvchi 19,2 km uzunlikdagi yangi yo'nalishdagi avtomobil yo'li;

- 4R20 “Qorasuv q – Bo'ka sh. - Bekobod sh.” avtomobil yo'lining 8-13 km qismini rekonstruktsiya qilish obyekti;

- 4R4 “Toshkent sh. - Keles sh. - Kozoqkentsoy q. –M39 avtoyo'li (820 km)” avtomobil yo'lining 0-12 km qismini rekonstruktsiya qilish obyekti;

- 4R4a “Toshkent sh. - Keles sh. - Kozoqkentsoy q. –M39 avtoyo'li (820 km)” avtoyo'lidan Sariyog'och shahriga kirish” avtomobil yo'lining 0-6 km qismini rekonstruktsiya qilish obyekti;

-4R186 “Chinoz sh. - Chinoz PQQP – Qozog'iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo'lining 2-6 km qismini rekonstruktsiya qilish obyekti;

- Sirdaryo viloyatidagi M34 “Toshkent – Dushanbe” avtomobil yo'lining 130-139 km qismini rekonstruktsiya qilish  obyektlari bo'yicha tayyorlangan loyiha-smeta xujjatlari mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilinib, bir qator takliflar o'rtaga tashlandi.

Obyektlarning joylashuvi va boshqa faktorlarni hisobga olgan holda optimallashtirish bo'yicha takliflar berildi. Shuningdek, muhokamalar yakunida ushbu obyektlarning mavjud loyiha-smeta xujjatlariga o'zgartirishlar kiritilishi bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Direksiya axborot xizmati

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa