info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

150 ta ob`yektda yoʼl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

Asosiy/ Tashkilot yangiliklari / 150 ta ob`yektda yoʼl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

150 ta ob`yektda yoʼl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

  • Admin
  • 111
  • 24,09-2020

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida respublikamiz boʼyicha, xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarida qurish, qayta qurish va toʼla taʼmirlash obʼektlarda qurilish-montaj ishlari tegishli davlat dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ish jarayoni ketayotgan obyektlar soni 150 tani tashkil etadi.
 Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4565-sonli qarorida belgilangan tegishli ilovaga muvofiq, 77 ta obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda va joriy yilda 86 km yoʼl foydalanishga topshiriladi.
 Bundan tashqari toʼla taʼmirlash dasturi asosida hozirda 73 ta ob`yekt boʼyicha pudrat shartnomalari tuzilgan boʼlib, yil yakuniga qadar 135,4 km yoʼl toʼliq foydalanishga topshiriladi.