info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tender e`loni: 4R55 “Mitan-Qoʼshrabod-Nurota" avtomobil yoʼlining 120-126 km qismini rekonstruksiya qilish obyekti bo`yicha

Asosiy/ E'lon / Tender e`loni: 4R55 “Mitan-Qoʼshrabod-Nurota" avtomobil yoʼlining 120-126 km qismini rekonstruksiya qilish obyekti bo`yicha

Tender e`loni: 4R55 “Mitan-Qoʼshrabod-Nurota" avtomobil yoʼlining 120-126 km qismini rekonstruksiya qilish obyekti bo`yicha

  • Admin
  • 3120
  • 19,03-2020

“Umumiy foydаlаnishdаgi аvtomobil yoʼllаrini qurish vа rekonstruksiya qilish direksiyasi” dаvlаt unitаr korxonаsi tender e`lon qiladi:

Obyekt nomi: 4R55 “Mitan-Qoʼshrabod-Nurota" avtomobil yoʼlining 120-126 km qismini rekonstruksiya qilish.

Obyektning boshlangʼich narxi:  – 42 208 415 572 soʼm QQS bilan.

                                                               – 36 702 970 062 soʼm QQS siz.

Ishlarni tugallash muddati: 30 oy.

Buyurtmachi: “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʼchasi, 68-uy.)

Tender tashkilotchisi: «STROY KONSALTING SERVIS» Masʼuliyati cheklangan jamiyati (Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 16А uy, 504 xona, tel: 71-256-16-93).

Moliyalashtirish manbasi: Davlat byudjeti.

  • Tender ishtirokchilari ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur boʼlgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligiga, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali boʼlishlari shart.
  • Takliflarni baholashda Tender ishtirokchilarining (oferent) tender takliflari (oferta) qonun hujjatlariga muvofiq qoʼshilgan qiymat soligʼidan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat) lari qoʼshilgan qiymat soligʼi summasi qoʼshimcha ravishda hisobga olinadi.
  • Ishtirokchi tenderda qatnashish toʼgʼrisidagi taklifi va tender hujjatlari boʼyicha soʼrovnomalar bilan tender tashkilotchisi «STROY KONSALTING SERVIS» Masʼuliyati cheklangan jamiyatiga quyidagi manzil boʼyicha murojaat etishlari mumkin: Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 16А uy, 504 xona, tel: 71-256-16-93.
  • Tasdiqlangan tender hujjatlari bilan tanishish uchun buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari boʼyicha maxsus axborot www.xarid.uz portalidan yuklab olishlari mumkin.
  • Tender tashkilotchisiga takliflarni maxsus axborot portalida tender eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 16А uy, 504 xona, tel: 71-256-16-93; e-mail: ulugbek-ap@inbox.ru manzilga topshirish lozim. Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2020 yil 2 aprel kuni soat 15:00 gacha.
  • Taklif (ofertalar) ochilishi www.xarid.uz maxsus axborot portalida eʼlon chop etilgan kundan boshlab 15 kundan keyin, quyidagi manzilda oʼtkaziladi: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʼchasi, 68-uy majlislar zali.

 

www.xarid.uz saytidagi havola https://dxarid.uzex.uz/uz/tender2/lot/7000393/#

O'xshash yangiliklar

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa