Bugun “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasida kasaba uyushma a’zolari va faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish, kasaba uyushmalari faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar, hujjatlarni yuritish tartiblarini to‘g‘ri tashkil etilishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Yoshlar masalalari bo`yicha rais maslahatchisi R.Karabaev, hamda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Yoshlar masalalari buyicha rais maslahatchisi Sh.Ne’matov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida direksiya xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Ataxanova tomonidan direktsiyada amalga oshirilayotgan ishlar, kasaba uyushma a’zolari – direktsiya xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berib o‘tdi.
Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xodimlarning munosib dam olishlari uchun dam olish va bayram kunlarida ichki turizmni rovojlantirish borasida respublikamizning tarixiy hududlari va ziyoratgohlariga amalga oshirilayotgan sayohatlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Shundan so‘ng mehmonlar ham o‘zlarining mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatining huquqiy asoslari, mehnatni muhofaza qilish va mehnatning xavfsiz usullarida ishlash uchun o‘tkaziladigan yo‘riqnomalar, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti uchun namunaviy axborot burchagini tashkil etish, kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘larining sarflanishida moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilib, bu kabi uchrashuvlar doimiy o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.
Direksiya axborot xizmati
1950 yildan (BMT tomonidan 1 iyunь – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” etib belgilangan) buyon yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli kontsertlar, ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari, ko‘ngilochar bayram tomoshalari o‘tkazib kelinadi. Istirohat bog‘lari esa bolalarning xursandchiliklariga to‘ladi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili o‘ziga xos nishonlanadi. Sababi, O‘zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq.
1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direksiyasi” DUKda ham tadbir tashkil qilindi. Unda direksiya bosh muhandisi A.Raximov so‘zga chiqib, xodimlar orqali ularning farzandlarini ushbu sana bayrami munosabati bilan tabrikladi.
Shuningdek, Kasaba uyushmasi tomonidan 60 nafar xodimning 125 nafar farzandlari uchun esdalik sovg‘alar hamda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston davlat tennis klubida bo‘lib o‘tadigan bayram dasturiga chiptalar topshirildi.
Direktsiya axborot xizmati
RASMIY MUNOSABAT...
20.Dec.2022 / 14:12:42Press reliz...
30.Sep.2022 / 15:09:00“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK...
01.Jul.2021 / 06:07:00