Quyidagilar bo‘limning vazifalari hisoblanadi:
Direksiya apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi elektron hujjat aylanishi dasturiga ulangan holda, ijro intizomini muvofiqlashtirish;
Direksiyaga yangi ishga qabul qilingan mas’ul xodimlarga hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi masalalari bo‘yicha metodik qo‘llanma bilan tanishtirish va zarur hollarda yordam berish;
Direksiya bo‘limlarida ish yuritish va ijro intizomining yagona tizimini shakllantirish;
Direksiyada ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabar(shu jumladan, ariza, shikoyat va h.k.)larni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko‘ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Direksiya rahbariyatining hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko‘paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo‘natishni ta’minlaydi;
boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil qiladi;
ish va hujjat yuritish uslubiyatini ishlab chiqish hamda nazoratini ta’minlash;
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda Yuridik bo‘lim bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Direksiya direktorining hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganadi.
Bo‘lim mazkur Nizomda va Direktor tomonidan belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
RASMIY MUNOSABAT...
20.Dec.2022 / 14:12:42Press reliz...
30.Sep.2022 / 15:09:00“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK...
01.Jul.2021 / 06:07:00