info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tarkibiy bo'limlar

Asosiy/ Direksiya / Tarkibiy bo'limlar

Texnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

pudratchilar bilan birgalikda tanlov savdolari natijalariga ko‘ra va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tekshirilgan va ishlab chiqarishga ruxsat etilgan, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida pudrat shartnomalari va ob’ektlarda oyma-oy ishlarni bajarish grafigini tuzilishini ta’minlash;

qurish, rekonstruksiya qilish, to‘la va ta’mirlash ob’ektlarida qurilish va ta’mirlash davrida doimiy texnik kuzatuv nazoratni ta’minlash;

ob’ektlarda bajarilgan ish hajmlari va qiymatlarini tuzilgan ma’lumotnoma hisob-fakturalarga asosan viloyatlarga biriktirilgan mutaxassislar orqali oyma-oy moliyalashtirish uchun qabul qilish;

bajarilgan qurilish-montaj ishlarini qabul qilishda loyiha-smeta xujjatlarida belgilangan hajm va qiymatlarning o‘zaro mosligiga amal qilish;

qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash jarayonida texnologik bosqichlarini olib borilishining to‘g‘riligi, bajariladigan ishlar sifati yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish;

pudratchilar tomonidan loyiha-smeta xujjatlari asosida to‘liq tugallangan ob’ektlarni  belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishni ta’minlash.

Bo‘limning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

ishlatilayotgan qurilish materiallarni, konstruksiyalarni, mahsulotlarni sifati va mosligi, nazorat namunalarining ishlab chiqarish hamda laboratoriya sinovlari natijalari davlat standart talablariga (GOST) javob berishini, ishlarni bajarish va mualliflik nazorati jurnallaridagi yozuvlarni to‘g‘ri olib borilishini doimiy nazorat qilish;

qurilish maydonini  va geodezik nuqtalarni belgilangan muddatlarda, o‘rnatilgan tartibda pudratchilarga topshirish, va qurilish jarayonida ob’ektda muntazam geodezik nazoratni o‘rnatish hamda olib borish;

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish;

shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun pudratchi, loyiha qidiruv va boshqa tegishli tashkilotlardan jarima (penya) undirish to‘g‘risidagi da’volarni tegishli bo‘limlar bilan ko‘rib chikishda katnashish;

qurilish normalari va qoidalariga hamda boshqa amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq qurilish, rekonstruksiya qilish, to‘la  ta’mirlash ishlari tugallangan ob’ektlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishini ta’minlash;

         Jumladan:

bosh pudratchi tashkilot bilan birgalikda qurilishi tugallangan ob’ektlar bo‘yicha Davlat va ishchi qabul qilish komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etish va ob’ektlarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirilishida ishtirok etish;

foydalanishga qabul qilingan ob’ektlarning ijro xujjatlarini, Davlat va ishchi komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda pudratchilardan foydalanuvchi tashkilot va korxonalarga topshirish;

normativ hujjatlari va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari talablari yechimidan chetga chiqqan holda qurilgan ob’yektlar foydalanishga qabul qilinmaslik.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa