info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tarkibiy bo'limlar

Asosiy/ Direksiya / Tarkibiy bo'limlar

Qurilish va rekonstruksiya bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish (istiqboldagi) qisqa va uzoq muddatli Dasturlarini shakllantirish;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli va 2017 yil 17 apreldagi 222-sonli qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga markazlashgan kapital qo‘yilmalar limiti bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

- Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish;

- xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan obyektlarda olib borilayotgan ishlarni monitoringini olib borish;

- dasturlarga kiritilgan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi obyektlarda Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini o‘zlashtirilishi yuzasidan monitoring olib borish;

- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan qurilish ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, tegishli vazirlik va tashkilotlarga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlab rahbariyatga kiritish;

- belgilangan muddatda rahbariyat topshiriqlarini amalga oshirilishini ta’minlash va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.

Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- dasturlarga asosan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni joriy yilda o‘zlashtirilishi va kelgusi yillarda xarajatlar prognozini aniqlaydi;

- xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish (istiqboldagi) qisqa va uzoq muddatli Dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

- xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash obyektlarining qurilish manzilli ro‘yxati hamda loyiha qidiruv ishlari manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va belgilangan tartibda tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan kelishadi va rasmiylashtiradi;

- qurilishlarning manzilli ro‘yxatiga kiritilgan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga talab etiladigan qurilish va yoqilg‘i-moylash materiallari zahirasini yaratish uchun Hukumatga takliflar tayyorlaydi va monitoringini olib boradi;

- qurilishlarning manzilli ro‘yxatiga kiritilgan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishiga va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

- Dasturlarga kiritilgan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi qurilish obyektlariga kapital qo‘yilma limitlarini yo‘naltirish va qayta taqsimlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

- Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda xalqaro, davlat hamda mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini sifatli saqlashda mavjud ABZ, ABS TMS liniyalari, Yo‘l ta’mirlash bo‘limlarini roli va quvvatlarini kompleks tahlil qiladi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa