info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tarkibiy bo'limlar

Asosiy/ Direksiya / Tarkibiy bo'limlar

Moliya-iqtisod bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash obyektlariga loyiha-smeta ishlari uchun loyihachi tashkilotlarga shartnoma shartlariga asosan avans hamda bajarilgan ishlar uchun mablag‘larni moliyalashtirish;
  • Investitsiya hamda yo‘l ishlari dasturlariga kiritilgan ob’yektlar bo‘yicha pudrat korxonalari (boshqa tashkilotlar) bilan tuzilgan shartnomalarga asosan qurilish-montaj ishlari (boshqa xarajatlar)ga belgilangan tartibda avans hamda bajarilgan ishlar uchun mablag‘larni moliyalashtirish;
  • Direksiya tomonidan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikka asosan qabul qilingan bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan reestrlarga asosan moliyaviy hisob-kitoblar olib boradi va ushbu hisoblarga muvofiq pudrat tashkilotlari bo‘yicha tayinlash sertifikatlari tayyorlaydi va ularni hisobga olish ro‘yxatini shakllantirish;
  • Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, to‘liq ta’mirlash va boshqa harajatlar (buzilishga tushgan uylar, etkazilgan zararlar va boshqalar) bo‘yicha xarajatlar smetasi (oyma-oy taqsimoti)ni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga taqdim etish;
  • Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, to‘liq ta’mirlash va boshqa harajatlar (buzilishga tushgan uylar, etkazilgan zararlar va boshqalar) bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni G‘aznachilik bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov grafiklarini tayyorlash va o‘rnatilgan tatibda G‘aznachilik bo‘limiga taqdim qilish.

Yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda bo‘lim quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va boshqa amalda bajarilgan ishlarga tasdiqlangan manzil ro‘yxatlari va shartnomalarga asosan belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshiradi;
  • Hisobotlarni shakllantirish va jamlash hamda tegishli Vazirlik idoralarga taqdim etishda moliyalashtirilgan mablag‘lar bilan bog‘liq ma’lumotlarni belgilangan tartibda direksiyaning “Qurish va rekonstruksiya qilish” bo‘limi so‘rovi asosida taqdim qiladi;
  • Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, to‘liq ta’mirlash va boshqa harajatlar (buzilishga tushgan uylar, yetkazilgan zararlar va boshqalar) bo‘yicha moliyalashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim qiladi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa