Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Yo‘l ishlari dasturlariga kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari obyektlarining loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash bo‘yicha loyiha institutlariga loyihalash uchun topshiriqlar berish, lozim topilganda tegishli vazirliklar bilan kelishish va tasdiqlash, loyiha institutlari bilan shartnomalar tuzish ishlarini olib borish, tayyor loyihalarni qabul qilish;
Vazirlar Mahkamasining tegishli xujjatlaridagi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha ob’ektlarni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni olib borish;
Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish;
Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash yo‘l ishlari dasturiga va hukumat bayonlariga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihachi tashkilotni tanlash yuzasidan tanlov savdolarini o‘tkazish;
Loyiha instituti tomonidan taqdim etiladigan loyiha xujjatlari tarkibini to‘liq hajmdaligini ko‘rib chiqish va dalolatnoma asosida qabul qilish.
BO‘LIMNING ASOSIY FUNKSIYALARI
Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumat qarorlari va topshiriqlari asosida loyiha instituti aniq ob’ektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha:
- Loyiha institutiga ob’ektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun xarajatlar taklifini rasmiy xat orqali so‘rash;
- Loyiha instituti tomonidan taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun berilgan taklifni o‘rganish, o‘xshash (analog) ob’ektlar bilan solishtirish, xarajatlari oshib ketgan ob’ekt taklifini loyiha institutiga qaytarish;
- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutiga loyihalash uchun topshiriq berish;
- Loyiha instituti tomonidan berilgan mukammal (optimal) taklifga asosan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish uchun shartnoma tuzish ishlarini olib borish;
- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash jarayonida loyiha-smeta hujjatlaridagi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha loyiha instituti bilan ishlash;
- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyiha-smeta hujjatlarini bajarish uchun shartnoma tuzish ishlarini olib borish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash ob’ektlarining loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha institutlari aniq bo‘lmagan ob’yektlar bo‘yicha:
- Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyiha smeta hujjatlarini bajarish uchun tanlov savdolarini o‘tkazish va tanlov savdosi g‘oliblari bilan shartnoma tuzish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining loyiha-qidiruv ishlarini manzilli ro‘yxatini Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va Avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi bilan kelishish;
Kelgusi yillar yo‘l ishlari dasturiga kiritilgan ob’ektlarning loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash uchun loyiha institutlariga buyurtma berish va ular bilan shartnoma tuzish ishlarini olib borish;
Xalqaro va davlat ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash ishlariga texnik iqtisodiy asoslash (TIA) TIH hamda dastlabki texnik iqtisodiy asoslash (DTIA) DTIH ishlab chiqishga vakolatli organ bilan kelishilgan xolda texnik topshiriq berish;
Loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovga taqdim etilgan dalolatnomalarini tekshirish va qabul qilish;
Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan jarima (penya) undirish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Ishlab chiqilgan loyihalar bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlash.
Bo‘lim oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib amaldagi qonunlarga asosan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
RASMIY MUNOSABAT...
20.Dec.2022 / 14:12:42Press reliz...
30.Sep.2022 / 15:09:00“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK...
01.Jul.2021 / 06:07:00