info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Biz haqimizda

Asosiy/ Direksiya / Biz haqimizda

Tashkilot haqida

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2776-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 22 martdagi 03-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Direksiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Direksiya tanlov savdolari (tender) natijalariga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq pudratchilar (loyihachilar) bilan tuziladigan shartnomalar asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, yuqori turuvchi organning qarorlariga va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Direksiya Ustaviga amal qiladi.

Direksiya yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, banklarda alohida hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan, o‘z nomi yozilgan yumaloq muhrga va blankalariga ega.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa